AQSh KXDR va Janubiy Koreya yetakchilarining uchrashuviga munosabat bildirdi
Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning xabarida aytilishicha, Qo‘shma Shtatlar KXDR yetakchisi Kim Chen In va Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli bo‘lishidan umid qilmoqda. Bayonot ABC telekanalining tvitterdagi sahifasida e'lon qilindi.
«Biz umid qilamizki, muzokaralar Koreya yarim orolida tinchlik va farovonlikka erishish jarayoniga katta turtki bera oladi», - deyiladi Oq uy xabarnomasida.
Shuningdek ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi «yaqin haftalar ichida» bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In Pxanmunjomdagi Koreyalararo sammit yaxshi natijalar berishiga ishonishini aytib o‘tgandi. Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In esa Pxanmunjomni tinchlik ramzi deb atadi. Bunga KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen Inning harbiy-demarkatsion chiziqni kesib o‘tgani sabab bo‘lgan.