O‘zbekiston | 01:11 / 27.04.2018
5348
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar tegishli sudlari raislari sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi

Foto: KUN.UZ

2018 yil 26 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni imzolangan.

Mazkur farmon ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent shahar jinoyat, fuqarolik, ma'muriy va iqtisodiy sudlari raislari tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan 2018 yilda o‘tkaziladigan sayyor uchrashuvlar grafigi tasdiqlangan.

Mana shunday sayyor uchrashuvlardan biri Sergeli tuman xokimiyati binosida bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli davlat tashkilotlaridan vakillar va mutaxassislar ham qishtirok etdi. Uchrashuv fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan savol-javob tarzida o‘tkazildi. Unda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan barcha huquqiy masalalariga yechim topishdi.

O‘tkazilgan uchrashuv shuni ko‘rsatdiki, muammolarning aksariyati fuqarolarning huquqiy bilimlari yetishmasligi natijasida vujudga kelgan bo‘lib, ular, asosan, oila, mulk, meros, bozor, o‘z shaxsiy huquqini bilmaslik, vaqtinchalik yoki doimiy ro‘yxatga qo‘yish, soliq, uy-joy qonunchiligini bilmaslik kabilardan iborat bo‘ldi.

Toshkent shahar tegishli sud raislari fuqarolarning e'tiroz va shikoyat-arizalarini, albatta, mas'ul shaxslar tomonidan qonunan ko‘rib chiqilishini ta'kidlab o‘tishdi.

Mavzuga oid