Jamiyat | 13:21 / 28.04.2018
67564
1 daqiqa o‘qiladi

Qur'on musobaqasining Respublika bosqichi ishtirokchisi olamdan o‘tdi

Alloh taolo har bir bandasiga o‘limning haq ekanligini bot-bot eslatgan. Shu sabab bandasi bu foniy dunyoda yaxshi amallar qilishga, yomonlarini tark etishga buyurilgan. 

Joriy yil O‘zbekistonda o‘tkazilgan Qur'on musobaqasining 26-40 yoshli erkaklar o‘rtasida Xorazm viloyati g‘olibi, so‘ngra Toshkentda o‘tgan Respublika bosqichi ishtirokchisi Shamsiddin qori G‘ofurov olamdan o‘tdi.

Foto: Muslimaat.uz

Ma'lumotlarga ko‘ra, u poytaxtdan Xorazmga qaytayotgan vaqtda yo‘l transporti hodisasiga uchragan. Buning oqibatida qori yigit bo‘lgan mashinadagi barcha voqea joyida halok bo‘lishgan. Bu haqda «Muslimaat.uz»ning Telegram’dagi kanaliga xabar berilgan.

KUN.UZ tahririyati Shamsiddin qori G‘ofurovning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Mavzuga oid