Light | 22:09 / 28.04.2018
54585
1 daqiqa o‘qiladi

Sarimsoqning yana bir foydali xususiyati ma'lum qilindi

Foto: Fotolia / Floydine

Britaniyaning Nottingem universiteti olimlari sarimsoqning iste'mol qilinishi saratonning ba'zi turlari, yurak-tomir kasalliklari va ikkinchi turdagi qand kasalligining rivojlanishi xavfini kamaytira olishini aniqlashdi. 

Sarimsoqning foydasi uni tayyorlash usuliga ko‘ra o‘zgaradi, biroq olimlar bu usullardan qaysi biri eng yaxshisi bo‘lishi haqida bir xulosaga kelishmagan.

Olimlarning aytishicha, sarimsoqning oltingugurt saqlovchi komponentlari hujayra va to‘qimalarda gazsimon moddalar signal molekulalarining miqdorini o‘zgartirishi mumkin. Bu molekulalar fiziologik va biokimyoviy jarayonlarni keltirib chiqaradi.

“Bu sohada kasalliklar xavfini kamaytirish usullarini topish va inson sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun katta maydon qolmoqda”, deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri Piter Rouz.

Mavzuga oid