Fan-texnika | 15:22 / 30.04.2018
3879
1 daqiqa o‘qiladi

BAA Skype’dagi qo‘ng‘iroqlarga taqiqni bekor qilishni rejalashtiryapti

Birlashgan Arab Amirliklari hukumati Skype va FaceTime’dan bepul qo‘ng‘iroqlar uchun taqiqni bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib boryapti. Bu haqda Arabian Business xabar qildi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, BAA telekommunikatsiya provayderlari videoaloqa uchun bepul ilovalar bloklanishi tufayli o‘z foydalanuvchilariga pullik ilovalar taklif qilmoqda.

Biroq, ta'kidlanishicha, Microsoft BAAda ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha bir nechta markazni ishga tushirdi, ular butun Yaqin Sharqni qamrab oladi.

Ayni damda mamlakat hukumati Microsoft va Apple bilan ushbu masala yuzasidan muzokaralar olib boryapti.

Mavzuga oid