Iste'molchilar huquqlarini buzganlik uchun banklarga jarima solishni taklif etmoqdalar
Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomga kiritiladigan qo‘shimchalar muhokama qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bankka bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan kredit tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta'minlash topshirilgan.
Norma’ning yozishicha, loyiha bilan hujjatda nazarda tutilgan jarima sanksiyalari ro‘yxatini kengaytirish taklif etilmoqda. Xususan, quyidagi sanksiyalarni alohida bo‘limda belgilab qo‘yish taklif etilgan.
Ma'lumot uchun. Nizomda nazarda tutilgan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan banklarga nisbatan jarima sanksiyalarini Markaziy bank qo‘llaydi. Bugungi kunda hujjatda quyidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar nazarda tutilgan:
• majburiy rezerv talablari normalari va belgilangan iqtisodiy normativlar;
• markazlashtirilgan kreditlar va qayta moliyalashtirish kreditlaridan foydalanish qoidalari, shuningdek ular bo‘yicha marjalar;
• to‘lov intizomi;
• valyuta operatsiyalari o‘tkazish tartibi;
• statistik hisobot taqdim etish tartibi;
• naqd pul tushumini qabul qilish tartibi va Markaziy bank ko‘rsatmalari.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
15:10 / 13.12.2024
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi
14:47 / 04.12.2024
Germaniyada maktabga kechikkan o‘quvchilarga jarima solish boshlandi
12:29 / 30.11.2024