O‘zbekiston | 01:41 / 01.05.2018
19387
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni Buxoroda Erdo‘g‘anga hamrohlik qilishi mumkin

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga — 1 may kuni Buxoro shahrida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga hamrohlik qiladi.

Bu haqda u 30 aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston – Turkiya biznes forumidagi chiqishi chog‘ida ta'kidlab o‘tgan.

Ilgariroq prezident 1 may kuni joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Namangan viloyatiga tashrif buyurishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda davlat rahbari 26 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 29 aprel oqshomida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan edi. 30 aprel kuni ikki davlat rahbarlari ishtirokida tor doirada va kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar O‘zbekiston – Turkiya biznes forumida ham ishtirok etishdi. Tashrif tafsilotlari bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

Mavzuga oid