Lukashenko urush faxriylariga undan oldin hayotdan ko‘z yumishni “taqiqlab qo‘ydi”
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko urush faxriylariga undan oldin hayotdan ko‘z yumishni “taqiqlab qo‘ydi”.
Lukashenko 9 may kuni Minskdagi G‘alaba maydonida urushda halok bo‘lganlar xotirasiga gullar qo‘yish marosimida faxriylar bilan suhbatlashib, ularning Belarusda tinchlikning saqlanishiga qo‘shgan hissalarini alohida ta'kidlab, ularga g‘alaba uchun minnatdorlik bildirgan.
“Biz bu tinchlikning qadriga yetar ekanmiz – u bizda bo‘ladi. Esdan chiqarishimiz bilan tinchlikni yo‘qotamiz. Tinchlikning yo‘qolishi esa nima bilan tugashini yaxshi bilasiz”, deb aytgan Lukashenko.
U so‘zlari davomida faxriylarga uzoq umr va sog‘liq tilab qolgan va o‘zidan avval hayotdan ko‘z yummaslikka chaqirgan.
“Mendan avval o‘lish yo‘q, eslab qoling”, deb aytgan Belarus prezidenti.
Ta'kidlanishicha, Belarusda Ikkinchi jahon urushining 8 mingdan ko‘proq faxriysi yashaydi. Ularning aksariyati 90 yoshda, biroq 100 yoshdan oshgan faxriylar ham ko‘p.
Mavzuga oid
18:53 / 10.12.2024
Lukashenko: Belarusda o‘nlab yadroviy kallaklar bor
02:18 / 07.12.2024
Putin va Lukashenko xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
23:47 / 23.11.2024
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
21:16 / 22.11.2024