Jamiyat | 00:37 / 13.05.2018
48945
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda avtobusning ariqqa qulashiga sababchi bo‘lgan Nexia qidirilmoqda

12 may kuni soat 14:52da Toshkentning Yashnobod tumanida salonida 20 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan 119-sonli Isuzu avtobusi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

Gazeta.uz’ning ma'lum qilishicha, Ohangaron ko‘chasi bo‘ylab Qo‘yliq 1-mavzesi tomonga harakatlanib ketayotgan avtobus (davlat raqami 01 023 EDA) oldidan fil suyagi rangidagi Nexia avtomobili keskin o‘ngga burilishi oqibatida Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, mashina Tolariq arig‘iga tushib ketgan.

Foto: Toshshahartrasxizmat

Bu paytda avtobusning tezligi 27 km/soatni tashkil etgan. Voqea sababchisi bo‘lgan Nexia haydovchisi mashinasida hodisa joyidan yashiringan.

«Toshshahartransxizmat»da xabar qilinishicha, voqea natijasida yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmagan, biroq avtobus haydovchi — Abdurashid Qo‘ziboyev (1981 y. t.) jarohatlangan. Unga bosh miya chayqalishi tashxisi bilan Respublika nevrologiya markazida ambulator davolash yordami ko‘rsatildi.

Foto: Toshshahartrasxizmat

Hozirda Toshkent IIBB YHHB tomonidan ushbu Nexia avtomobili qidirilmoqda. Mazkur voqeaga guvoh bo‘lganlardan «Toshshahartransxizmat» harakat xavfsizligi bo‘limi xodimlariga (+99899 848−69−99) yoki IIBB YHHBga (230−94−52) xabar berish so‘raldi.

 

Mavzuga oid