Jahon | 16:08 / 14.05.2018
11818
2 daqiqa o‘qiladi

Armanistonda katta miqyosda repatriatsiya rejalashtirmoqda

Foto: Sputnik / Aram Nersesyan

Armanistonning yangi hukumati keng miqyosli repatriatsiya (asirlar, qochoqlar va ko‘chirma bo‘lganlarni o‘z vataniga qaytarish) ustida ishlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda dushanba kuni jurnalistlarga diaspora ishlari bo‘yicha vazir Mxitar Ayrapetyan ma'lum qildi.

Statistikaga ko‘ra, Armaniston aholisi soni har yili kamayib bormoqda. 2016 yilning 1 yanvari holatiga ko‘ra, bu boradagi ko‘rsatkich 1970-yillardan buyon ilk marotaba 3 mln kishidan pastga tushib ketdi. Mamlakatda istiqomat qilayotgan fuqarolar sonining kamayishi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar tufayli ro‘y beruvchi emigratsiya bilan bog‘liq. Avvalroq, Armaniston hukumati rahbari Nikol Pashinyan vazirlar mahkamasining maqsadlaridan biri aholining mamlakatdan chiqib ketishi va vatandoshlarni ortga qaytarish bo‘lishi kerakligini ma'lum qilgandi.

«Biz keng ko‘lamli repatriatsiyani amalga oshiramiz. Bu jarayon vaqt va har kunlik faol ishni talab qiladi», - deya ta'kidlab o‘tdi Ayrapetyan.

Unga ko‘ra, inqilob g‘alabasi avval Armanistondan chiqib ketgan vatandoshlarga umid berdi. «Hozir ko‘pchilik vataniga qaytib kelmoqda, endi biz bu jarayonni aniq qadamlar bilan mustahkamlashimiz kerak», - dedi vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston hukumatining qaroriga ko‘ra, Sochida bo‘lib o‘tadigan YeOII sammitiga prezident Armen Sarkisyan emas, balki bosh vazir Nikol Pashinyan borishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid