Sport | 00:30 / 14.05.2018
26032
1 daqiqa o‘qiladi

Salohga «Oltin butsa» topshirildi

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Angliya premer-ligasining joriy mavsumida eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.

Misrlik ushbu futbolchi liga o‘yinlarida jamoasining 37 uchrashuvida maydonga tushib, 32 gol urdi – bu turnir rekordi hisoblanadi. 

«Brayton»ga qarshi uchrashuvdan keyin stadionda unga APLning eng yaxshi to‘purari sifatida «Oltin butsa» topshirildi.

Salohga to‘purarlar poygasida – «Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn raqobat qildi – 30 gol, mavsumning eng yaxshi uchinchi to‘purari Serxio Aguero bo‘ldi, «Man Siti» hujumchisi raqiblar darvozasini 21 bor ishg‘ol etgan.

Saloh «Liverpul»ga 2017 yil yozida kelib qo‘shilgandi va birinchi mavsumidayoq aql bovar qilmas natijalar qayd etib, APLning 2017/18 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Mavzuga oid