Video: Isroillik merganlar falastinliklarni o‘qqa tutgan
G‘azo sektorida Al-Qudsda Amerikaning yangi elchixonasi ochilishiga norozilik bildirib namoyish uyushtirgan va chegara oldida to‘plangan minglab falastinliklar Isroil harbiylari tomonidan o‘qqa tutilgan.
Telegramdagi WarGonzo kanalida ushbu tartibsizliklar vaqtida isroillik merganlar o‘zini nisbatan agressiv tutgan namoyishchilarga o‘q uzgani tasvirlangan video joylashtirildi.
Associated Press agentligi xabariga ko‘ra, tartibsizliklar vaqtida halok bo‘lgan falastinliklar soni 37 nafarni tashkil etmoqda. Xabarda bu kun «G‘azoda Isroil bilan chegarada ziddiyat boshlangani 2014 yildan buyon kuzatilgan eng qonli kun» sifatida baholangan.
Hürriyet Daily News xabariga ko‘ra, to‘qnashuvlar vaqtida jarohatlanganlar soni 2000 nafarga yaqinni tashkil qilmoqda.
Chegara hududida Isroil harbiylari bilan to‘qnashuvlar shu yilning mart oyi oxirida ham kuzatilgandi.
Bu norozilik namoyishlari Nakba kuniga 70 yil to‘lishi munosabati bilan faollashmoqda. Isroil davlati tashkil topgan 1948 yilning 14 mayi falastinliklar tomonidan «Halokat kuni» deb ham ataladi.
Mart oyidan buyon tartibsizliklar vaqtida halok bo‘lgan falastinliklar soni 79 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, 2 mingdan ortiq kishi turli darajada jarohatlar olgan.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
13:38 / 24.12.2024
“Bolalar sovuqdan muzlayapti” – BMT vakillari qish falastinliklar hayotini yanada og‘irlashtirayotganini ma’lum qildi
13:36 / 19.08.2024
Misr: G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish - mintaqada keskinlikni bartaraf etish uchun asos
11:45 / 19.08.2024