O‘zbekiston xizmatlar importini keskin oshirdi - 565 foizga
Respublikada tashqi savdo aylanmasi 2018 yil yanvar-aprel oylarida 11,3 mlrd AQSh dollarini, shu jumladan eksport 5,0 mlrd AQSh dollarini va import 6,3 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.
Tashqi savdo aylanmasi saldosi minus 1,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Eksport tarkibida energiya manbalari va neft mahsulotlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 66,2%ga o‘sishi tabiiy gazning 1,9 martaga oshgani hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar esa 7,3%ga o‘sdi, shundan plastmassa va plastmassa buyumlarining eksporti 16,7%ga oshdi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,6%ga o‘sishi oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmining 41,9%ga o‘sishiga olib keldi.
Import tarkibida asosiy ulush mashina va asbob-uskunalar (umumiy import hajmida 32,5%) va kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,3%) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
2018 yil yanvar-aprel oylarida tashqi savdo aylanmasi saldosi minus 1310,5 mln AQSh dollarni tashkil qildi, shundan MDH davlatlari bilan minus 835,5 mln AQSh dollarni va boshqa davlatlar bilan 475,0 mln AQSh dollarni tashkil etdi.
MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari tashqi savdo aylanmasida asosiy hamkorlar hisoblanib, ularning jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 28,0%ni tashkil qildi, boshqa davlatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Afg‘oniston, Germaniya, Latviya, Eron, Fransiya davlatlari hisoblanib, ularning ulushi 32,1%ni tashkil qilmoqda.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksport xajmi 115,9 mln AQSh dollarini tashkil qildi, yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,8%ga oshdi. Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmida 17,3%ni meva va rezavorlar (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,0%ga o‘sdi), 65,6%ni sabzavotlar (59,4%ga), 13,0%ni uzum (3,4%ga) tashkil qiladi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportida asosiy hamkor davlatlar Qozog‘iston (umumiy hajmdan 35,4%), Rossiya (13,3%), Afg‘oniston (12,5%), Vetnam (6,7%), Xitoy (5,9%), Turkiya (5,2%), Qirg‘iziston (2,5%), Pokiston (2,3%) va Eron (2,0%) hisoblanadi.
2018 yil yanvar-aprel oylari yakuni bo‘yicha to‘qimachilik mahsulotlari eksporti umumiy eksport hajmida 8,5%ni tashkil qildi. To‘qimachilik mahsulotlari eksport xajmi 424,9 mln AQSh dollarini tashkil qildi yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,7 foizga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2018 yilning birinchi choragida O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini 1,9 baravarga oshirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
13:52 / 21.12.2024
O‘zbekiston eksportida xususiy sektor ulushi 60 foizga yetkaziladi
12:56 / 19.12.2024