AQSh Turkiya elchisining ortga chaqirtirib olinganiga izoh berdi
AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauertning fikricha, Qo‘shma Shtatlardan turk elchisini ortga chaqirtirib olish mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni kuchsizlantirmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.
«Biz Turkiya o‘z elchisini ortga chaqirtirib olganidan xabardormiz. Turkiya bunday qilishga to‘la huquqi bor. Men bu holat bizning Turkiya hukumati bilan munosabatlarimizni kuchsizlantiradi, deb hisoblamayman. Ular NATO bo‘yicha muhim hamkor bo‘lib qoladi», - dedi Nauert.
Avvalroq, Turkiya hukumati AQSh va Isroildan o‘z elchilarini ortga chaqirtirib olishga qaror qilgani xabar berilgandi. Bunday vaziyat Turkiyaning AQSh elchixonasi Al-Qudsga ko‘chirilganidan norozi ekani bilan bog‘liq. Diplomatik missiyaning ko‘chirilishi tufayli G‘azo sektorida namoyishlar boshlandi, falastinliklarning Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvlari yuz berdi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastin Yevropaning to‘rt davlatidan elchilarini ortga chaqirtirib olayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
16:18
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
15:04