Merkel ustidan sudga murojaat qilindi
Germaniyaning “Germaniya uchun muqobil” partiyasi kansler Angela Merkelning migratsiya siyosati ustidan shikoyat qilib sudga murojaat qildi. Bu haqda Die Zeit nashri ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, nemis parlamenti (bundestag) migratsiya siyosatini belgilashda ishtirok etish huquqiga ega. Partiyada kanslerning 2015 yilda muhojirlar uchun Avstriya-Germaniya chegarasini ochish haqidagi qarorini tekshirish lozim, deb hisoblashmoqda.
“Bu shikoyat dunyoni o‘zgartirishi mumkin. U agar istalgan natijaga olib kelsa, dunyoni o‘zgartiradi ham”, deb aytgan partiya advokati Stefan Brandner.
Brandnerning aytishicha, agar siyosatchilar qo‘yilgan maqsadga erishishsa, kansler o‘z lavozimini tark etishiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
15:26
Germaniya Kiyevga 2024 yil uchun yakuniy harbiy yordam paketini topshirdi
11:12
Germaniya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda - DW
11:24 / 13.01.2025
Sun’iy idrok ko‘krak bezi saratonini an’anaviy skriningdan yaxshiroq aniqlay oldi
10:04 / 13.01.2025