Jahon | 11:29 / 19.05.2018
20484
2 daqiqa o‘qiladi

Pompeyda ot «mumiyosi» topildi

Pompey va Gerkulanuma hududidagi qazilma ishlari davomida arxeologlar tomonidan qadimgi Rim otxonalari xarobalari va ot «mumiyosi» topildi. Bu haqda Live Science portali yozmoqda.

Tadqiqotchilarning fikricha, ot Vezuviy kuli ostida «tiriklayin yonib ketgan», bu unga o‘ziga xos «mumiyoga» aylanish imkonini bergan. Shu bilan birga, u zamonaviy otlar bilan taqqoslaganda, ancha kichik bo‘lgan, bo‘yi yag‘rinida atigi 1,5 metrni tashkil etgan.

Foto: Live Science

Ta'kidlanishicha, ko‘p metrlik tuproq qatlami ostida organik kelib chiqishga ega bo‘lgan ko‘plab obektlar topilgan, jumladan, insonlar va hayvonlar jasadlari ham.

Foto: Live Science

Ayni damda Pompey arxeologik bog‘i xodimlari «o‘lik shahar» hududida qazilma ishlarini davom ettirib, vayron bo‘lgan shahardagi uylar va yangi ko‘chalarni topishmoqda.

 

Mavzuga oid