O‘zbekiston | 22:19 / 19.05.2018
47498
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident «Andijondagi juda og‘ir kunlar»ni yodga oldi​

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ulug‘nor tumanida davom etayotgan videoselektor yig‘ilishida nutq so‘zlab, unda «Andijondagi og‘ir kunlar»​ni yodga oldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Hayotimda, boshimdan juda ko‘p, og‘ir kunlarni o‘tkazgan bo‘lsam, men ana shularni Andijonda, juda og‘ir kunlarda, andijonliklar bilan yashab, yelkama-yelka turib o‘tkazdim. O‘shanda Alloh taolodan iltimos qilardim: Xudo bizni shu sinovdan eson omon o‘tkazsin deb», – deydi davlat rahbari.

Prezident «Andijondagi og‘ir kunlar» deganda nimani qaysi paytni nazarda tutgani haqida batafsil gapirmadi.

«Mana, hozir qo‘shnilarimiz bilan yaxshi bo‘lyapmiz. Qo‘shnini Xudo sinov uchun beradi. Qo‘shnini hech kim tanlab olmaydi. U Xudo barchaga bergan marhamat! Shuning uchun, qo‘shnilarimiz bilan qanday-qanday shartnomalarga qo‘l qo‘yib, ishlarni amalga oshiryapmiz. Bu esa bizning bag‘rikengligimizga yarashadi», deb so‘zida davom etgan davlat rahbari.

Ma'lumot uchun, 2005 yil 13 may kuni Andijon shahrida yuz bergan xunrezliklardan so‘ng, 2010 yili qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatida etnik to‘qnashuvlar natijasida ko‘plab o‘zbek millatiga mansub kishilar aziyat chekkandi.

Mavzuga oid