O‘zbekiston | 17:54 / 22.05.2018
21766
2 daqiqa o‘qiladi

«Asaka» banki kengashiga Ulug‘bek Ro‘ziqulov o‘rniga yangi rais tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki kengashiga rais tasdiqlandi. Bu haqda Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi xabar bergan.

Qayd etilishicha, Shuhrat Abdusharifovich Vafoyev «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki Kengashi raisi etib tasdiqlandi. U Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bosh direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

Shu bilan birga, bank kengashining avvalgi raisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov bu lavozimdan ozod etilgan. Ro‘ziqulov 2012 yilning 1 may kuni ushbu lavozimga tasdiqlangan. Avvalroq, Ro‘ziqulov O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ish boshlagani ma'lum bo‘lgandi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2018 yilning 18 may kuni shu haqdagi qarorni imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan yangi lavozim tayinlovlari ro‘y bergandi.

Mavzuga oid