Jahon | 09:25 / 23.05.2018
12914
2 daqiqa o‘qiladi

O‘smirga yong‘inga sababchi bo‘lgani uchun 36 million dollarlik jarima solindi

Foto: Getty/Justin Sullivan

AQShning Xud-River okrugi sudyasi oregonlik o‘smirni mushakbozlik vaqtida olov bilan ehtiyotsizlik qilgani uchun 36,6 mln dollarlik jarimaga tortdi. Sud o‘smirning bu qilmishi 2017 yilda 200 kvadrat kilometr o‘rmonning yonib kul bo‘lishiga olib kelgan, deb xulosa qilgan.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, o‘smir do‘stlari bilan quruq o‘t bilan qoplangan kanonlardan birida mushakbozlik qilgan. Ular bu holatni videoga olishib, so‘ngra u yerdan jo‘nab ketishgan. Quruq o‘tga tushgan olov tez orada katta hududga tarqab ketgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bir necha kun o‘chirishlariga va odamlarni evakuatsiya qilishlariga to‘g‘ri kelgan.

Oregon shtati uchun bu amaliyot 18 mln dollarga tushgan. Bundan tashqari, jarima qiymatiga uylarini yo‘qotgan jabrlanuvchilarga to‘langan pul ham kiritilgan. O‘smir jarimani birdaniga to‘lamasdan, uni 10 yil davomida to‘lab borish huquqiga ega. Jumladan, u qarzni jamoat ishlarida ishlash bilan uzib borishi mumkin. 

Sudda o‘smirning himoyasi u voqea yuz bergan vaqtda hali 15 yoshga to‘lmaganini vaj qilib, uni oqlashga uringan. 

Mavzuga oid