Sport | 15:21 / 24.05.2018
10328
1 daqiqa o‘qiladi
Andres Inesta rasman yapon klubi futbolchisiga aylandi
«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubi a'zosiga aylandi.
26 may kuni yaponlar klubi o‘z stadionida ushbu 34 yoshli xavbekning taqdimot marosimini o‘tkazadi.
«Vissel Kobe» xo‘jayini Xirosi Mikitani «Barselona»ning titul homiysi hisoblanmish – Rakuten kompaniyasi prezidenti ham hisoblanadi.
Bundan avvalroq Inesta «Vissel Kobe» bilan 3 yillik shartnoma tuzishi va bu shartnoma asosida jami 90 million dollar ishlashi haqida xabar berilgandi.