Iqtisodiyot | 17:04 / 29.05.2018
11594
2 daqiqa o‘qiladi

MDHda xalqaro taraqqiyot banklaridan eng ko‘p moliyalashtirishni O‘zbekiston olmoqda

Birinchi chorakda O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida xalqaro rivojlanish banklarining eng ko‘p miqdorda suveren moliyalashtirishini olishga erishdi. Bu haqda Yevropa taraqqiyot bankining Xalqaro taraqqiyot banklari investitsion faoliyati sharhida aytilgan, deb yozmoqda Spot.

O‘zbekiston 841 million dollarni jalb qildi, bu umumiy hajmning 78 foizini tashkil etadi. Mablag‘lar «Agrosanoat kompleksi», «Energiya va EI», «Shahar infratuzilmasi» va «Davlat boshqaruvi» tarmoqlari loyihalariga yo‘naltiriladi.

Masalan, Tojikistonda investitsiyalar katta qismi OTBning «Transport va TI» sektoriga 90 mln dollar miqdoridagi zayomi hissasiga to‘g‘ri keladi (bu umumiy hajmning 10%i).

Belarusda moliyalashtirishning asosiy qismi YeTTBning «Transport va TI» sektoriga 55 mln dollar miqdoridagi zayomi hissasiga to‘g‘ri keladi (bu umumiy hajmning 6,4 foizi).

Qirg‘iziston (5%), Moldova (1%) va Ukrainada (0,04%) investitsiyalar Jahon banki Guruhlarining kreditlari hisobidan amalga oshmoqda.

Armanistonda (0,1%), YeFSR va JB guruhi ijtimoiy sohada va «Tabiiy resurslar va kon» sohasida loyihalarni moliyalashtirdi.

Qozog‘istonda (0,03%) OTB kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun texnik yordam ko‘rsatdi.

2018 yilning birinchi choragida eng ko‘p miqdorda suveren moliyalashtirish agrosanoat sektorida (46%) taqdim etildi. Ushbu sohaga kiritilgan investitsiyalarning hajmi 500 mln AQSh dollarini tashkil etadi va XTTB/ XRAning O‘zbekistonga zayomi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Loyiha bog‘dorchilikni rivojlantirish loyihasini qo‘shimcha moliyalashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu sektorning samaradorligini va daromadliligini oshirishga qaratilgan.

Energetika sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning hajmi (18%) 200 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Shaharlar infratuzilmasi sohasida loyihalarning umumiy miqdori (14%) 157 million dollarni tashkil etadi.

Mavzuga oid