Sport | 17:41 / 31.05.2018
6047
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan musobaqa tashkil etildi 

O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ko‘magida Toshkent shahar, Yunusobod tumanida joylashgan 133-maktabgacha ta'lim muassasasida “1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan sport musobaqasi tashkil etildi.

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Musobaqada muassasa tarbiyalanuvchilari ikki guruhga bo‘linib, o‘zaro bellashishdi. Musobaqa ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Tadbir sport bayramiga aylanib ketdi. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida ularga bayramona kayfiyat ulashildi.

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi
Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Musobaqa davomida Milliy Olimpiya qo‘mitasi Olimpiya harakati va sport tadbirlari Departamenti direktori Oybek Gafurov so‘zga chiqib, musobaqa qatnashchilari va muassasa tarbiyalanuvchilarini bayram bilan tabriklab, ushbu musobaqa nafaqat bayram munosabati bilan, balki bundan buyon doimo o‘tkazilishini, bu borada Milliy Olimpiya qo‘mitasi o‘z yordamini ayamasligini ta'kidlab o‘tdi.

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi
Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Musobaqa so‘ngida g‘oliblar diplom va medallar bilan taqdirlanib, barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi
Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Mavzuga oid