Sport | 11:41 / 31.05.2018
10941
2 daqiqa o‘qiladi

«Real»ning 3 nafar murabbiyi Toshkentga keldi - ularga YeChL kubogi nusxasi topshirildi

Foto: The-uff.com

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va «Real Madrid» klubi akademiyasi o‘rtasidagi kelishuvga asosan, 22-23 may kunlari Qirollik klubi akademiyasi menejyerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablo tashrif buyurib, yurtimizda Real Madrid Foundation Clinic dasturini ishga tushirish bo‘yicha dastlabki harakatlarni boshlagan edi.

Ana shu dasturga asosan, 3 nafar murabbiy — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente Toshkentga tashrif buyurishdi, deb xabar beradi O‘FA sayti. 

Mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroportida O‘FA vakillari, futbol ishqibozlari hamda OAV xodimlari katta tantanalar bilan kutib olishdi. Ularga «Real» ishqibozlari tomonidan yasalgan Chempionlar Ligasi Kubogi nusxasi topshirildi.

Karlos Albert 2008-2015 yillar davomida “Real Madrid” ning asosiy jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan va Iker Kasilyasdek jahonga mashhur darvozabonga ustozlik qilgan. Hozirda u «Real Madrid» klubida metodist sifatida ish olib bormoqda. 

Ispaniyalik mutaxassislar 16 iyunga qadar yurtimizda bo‘lib, bolalarga futbol bo‘yicha master-klasslar o‘tab berishadi. Tadbirlar 1 iyun kunidan boshlanadi.

Mavzuga oid