Suv xo‘jaligi vaziriga yana bir o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Akmal Arziyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Davlat rahbari bu haqdagi tegishli qarorni 2018 yil 28 may kuni imzoladi.
A.Mirzayev bundan avval O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devoni Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining murojaatlar ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat sho‘'basi yetakchisi inspektori bo‘lib ishlagan. Undan avval esa Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida boshqarma boshlig‘i bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 may kuni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarorlari bilan suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyevga ikki nafar o‘rinbosar tayinlangandi.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024