“Katta yettilik”ning 6 ta davlati AQShga qarshi birlashdi
“Katta yettilik”ning (G7) 6 ta davlati moliya vazirlari AQSh hukumatining po‘lat va alyuminiyga boj to‘lovi kiritish qaroriga qarshi chiqishdi.
Vashingtonning bu pozitsiyasi bo‘yicha xavotir Britaniya Kolumbiyasidagi 3 kunlik uchrashuv yakunlariga ko‘ra bildirilgan.
Kanada moliya vaziri Bill Morno “Katta yettilik”ning 7 a'zosidan 6 nafari hamda Yevropa ittifoqi vakili AQSh prezidenti Donald Trampning savdo siyosatidan “tashvishda ekanliklari va hafsalalari pir bo‘lganini” ma'lum qilgan.
Mornoning aytishicha, tashkilotning 6 a'zosi va Yevropa ittifoqi AQShning boj siyosatiga qarshi birlashgan.
Morno Vashingtonni boj bo‘yicha qarorini bekor qilishga chaqirgan va AQSh moliya vaziridan “Katta yettilik”ka a'zo davlatlar pozitsiyasini 8-9 iyunda Kanadada o‘tadigan sammitgacha Trampga yetkazib qo‘yishni iltimos qilgan.
Joriy yil avvalroq AQSh Rossiya, Xitoy, Yaponiya va boshqa davlatlardan, 1 iyundan esa Kanada, Meksika va Yevropa ittifoqidan import qilinuvchi po‘lat va alyuminiyga boj kiritgan.