Jamiyat | 13:25 / 05.06.2018
11282
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston-2035» forumi qachon bo‘lib o‘tishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Buyuk kelajak

«Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan «O‘zbekistonning tarakkiyot strategiyasi» Markazi hamkorligida tashkil etiluvchi «O‘zbekiston 2035» forumini o‘tkazish sanalari ma'lum bo‘ldi.

2018 yil 28-30 iyun kunlari Toshkentda O‘zbekistonning 2035 yilgacha rivojlanish konsepsiyasi va strategiyasini keng muhokama qilish rejalashtirilmoqda, unda «Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti ekspertlari ishtirok etadi - dunyoning turli burchaklarida istiqomat qiluvchi va turli sohalarda taniqli mutaxassislar darajasiga etgan hamyurtlarimiz, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari hamda idoralari xodimlari.

Rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha beshta yalpi sessiya mavzusi aniqlandi. Mavzuga oid sessiyalar quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi:

Jamoatchilik boshqaruvi tizimlarining demokratik isloh qilishni chuqurlashtirish;

Aholi turmush darajasi va ijtimoiy muhofazasini oshirish;

Agrosanoat kompleksi, sanoat, yoqilg‘i-energetika kompleksi va infratuzilmani rivojlantirish;

Moliya sektori, innovatsiyalar rivojlanishi;

Fan, turizm, madaniyat, ta'lim va inson kapitali rivoji.

Kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan, xorijda professional muvaffaqiyatlarga erishganlar kelgusi 17 yil ichida mamlakat taraqqiyoti haqidagi o‘z fikrlari bilan bo‘lishib, mamlakat vazirliklari va idoralari bilan rivojlanish yo‘llarini muhokama qiladilar. Barcha innovatsion g‘oyalar va loyihalar yakuniy hujjatda aks ettiriladi va ular O‘zbekiston rahbariyatiga taqdim etiladi.

PR-menedjyer, Nazima Davletova

PR@buyukkelajak.uz 

Rasmiy Telegram kanal

@officialBuyukKelajak

Mavzuga oid