Jahon | 11:18 / 10.06.2018
31736
1 daqiqa o‘qiladi
Yigit cho‘ngatidagi akkumulyator sababli alanga ichida qoldi (video)
Marokashdagi savdo markazlaridan birida ko‘ngilni xira qiluvchi voqea yuz berdi: markaz bo‘ylab aylanib yurgan bir yigitning ust-boshi birdaniga yonib ketgan.
Aniqlanishicha, uning cho‘ntagida gadjyetlarni quvvatlash uchun tashqi akkumulyator bo‘lgan. Aynan shu qurilma portlashi oqibatida yigit alanga ichida qolgan. Voqea guvohlari va markaz xodimlari ushbu hodisadan esankirab qolishgan va yong‘inni o‘chirishga tushib ketishgan. Birozdan keyin alanga o‘chirilgan, biroq bungacha yigitning ustidagi kiyim deyarli butkul yonib bo‘lgan.
Voqea joyiga shifokorlar chaqirtirilgan va yigit og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan.
Mavzuga oid
08:10 / 31.10.2024
Elektromobillar akkumulyatori uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi mumkin
21:35 / 09.10.2024
Sahroyi Kabirda kuchli yog‘ingarchilik - fotosuratlar
15:52 / 09.09.2024
Marokashdagi zilzilaga bir yil to‘ldi. Aholi hanuz chodirlarda yashab, hukumat va’da qilgan yordamni kutmoqda
19:12 / 24.08.2024