Jahon chempionatining barcha ishtirokchisi Rossiyaga tashrif buyurdi
Jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoalarning barchasi Rossiyaga tashrif buyurishdi, deb xabar beradi TASS.
Eng oxirgi bo‘lib Yaponiya terma jamoasi yetib bordi, u Qozon shahrida istiqomat qiladi.
Moskva shahri va viloyatida 10ta jamoa istiqomat qiladi: Rossiya, Portugaliya, Eron, Fransiya, Peru, Argentina, Germaniya, Meksika, Belgiya va Tunis.
5ta jamoa Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatida yashaydi: Saudiya Arabistoni, Xorvatiya, Kosta-Rika, Janubiy Koreya va Angliya.
3ta jamoa Tataristonda istiqomat qiladi: Avstraliya, Kolumbiya va Yaponiya.
Urugvay terma jamoasi - Nijniy Novgorod, Misr – Grozniy, Marokash – Voronej, Shveytsariya – Tolyatti, Serbiya – Svetlogorsk, Panama – Saransk, Senegal – Kaluga shahrini tanlagan.
7ta jamoa Rossiyaning janubiy viloyatlarini tanlagan: Ispaniya – Krasnodar, Daniya – Anapa, Islandiya va Shvetsiya – Gelenjik, Braziliya va Polsha – Sochi, Nigeriya – Yessentuki.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 14 iyun kuni Rossiya - Saudiya Arabistoni o‘yini bilan boshlanadi.
Mavzuga oid
10:37
Zaporijjya o‘qqa tutilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
20:22 / 08.01.2025
Xitoy Rossiyaning maxfiy floti uchun portlarni yopmoqda – OAV
19:23 / 08.01.2025
Kurskka hujum ko‘lami qanday va undan maqsad nima?
18:33 / 08.01.2025