Sport | 15:23 / 17.06.2018
13903
1 daqiqa o‘qiladi

Saloh Rossiyaga qarshi o‘yinga tayyor

Misr terma jamoasi yakshanba kuni Sankt-Peterburgga uchish oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi. Jamoa ikkinchi tur doirasida Rossiyaga qarshi kechadigan uchrashuv uchun uchib ketadi.

Umumiy guruh mashg‘ulotlarida terma jamoaning barcha futbolchilari, shu jumladan Muhammad Saloh ishtirok etgan. «Liverpul» futbolchisi birinchi tur doirasida Urugvayga qarshi kechgan va 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yinni jarohat tufayli o‘tkazib yuborgandi. U endi Rossiyaga qarshi o‘yinning boshlang‘ich tarkibida bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid