Fan-texnika | 08:51 / 18.06.2018
8849
1 daqiqa o‘qiladi

Porsche o‘zining ilk elektrokarini taqdim qildi

Porsche 70 yillik yubileyida o‘zining ilk elektrokari Taycan’ni taqdim qildi. Mashina ikkita sinxron motor bilan jihozlangan bo‘lib, ularning umumiy quvvati 600 ot kuchini tashkil qiladi. Shuning evaziga mashina 100 km/soat tezlikka 3,5 soniyada erisha oladi. Mashina bir quvvatlanishda 500 km yo‘l bosa oladi.

Foto: Porsche
Foto: Porsche
Foto: Porsche

Kompaniya rahbari Oliver Blyumning aytishicha, mashina 2019 yilda sotuvga chiqariladi.

Mavzuga oid