Bill Geyts karera tanlash hamda muvaffaqiyat haqida
Microsoft kompaniyasining asoschilaridan biri, milliarder va filantrop Bill Geyts Reddit sayti foydalanuvchilarining savollariga javob bergan. U kelib chiqishi taqdiriga qanday ta'sir qilgani, qaysi texnologiyalar istibolli ekani va nima uchun kriptovalyutalarga ishonmasligi haqida gapirgan. Biz Geytsning eng qiziq javoblarini e'tiboringizga havola etamiz.
Kelib chiqish va to‘qchilik to‘g‘risida
Mendagi ajoyib ta'lim juda katta yordam berdi: 6 yil davlat maktablaridagi ta'lim, undan keyin a'lo darajadagi xususiy maktab (Leyksayd). Agar kambag‘al oilada tug‘ilmaganimda, balki dasturlash va matematikaga bunday qiziqishni rivojlantirmagan bo‘lardim. Natijada bu kabi muvaffaqiyatga erishmasdim.
Karerani tanlash haqida
Ilk marta 13 yoshimda kompyuterni ko‘rdim. U meni o‘ziga jalb qildi. Dasturlashni tushunib olishga ko‘p vaqt sarfladim. BASIC’dan boshladim va boshqa tillarni o‘rgandim. 16 yoshimda TRW korporatsiyasida ishlay boshladim. Shu tufayli maktabning so‘nggi yilining bir qismini qoldirishga to‘g‘ri kelsa-da, u menga ko‘proq narsa bilish imkonini berdi. Omadim – menga juda yoqqan narsa bilan shug‘ullandim va vaqt o‘tishi bilan u yanada muhim ahamiyat kasb etdi. Deyarli barcha qobiliyatlarimga shubha bilan qarardim, biroq dasturlay olishimga doimo ishonganman.
Microsoft’dagi ish haqida
Microsoft’da qilgan barcha ishlarimiz ortga surib bo‘lmas harakatlarni talab etardi. Biz raqobatchilardan ilgarilab ketgandik va juda tez sur'atlarda ishlardik. Hozir menga aynan shu yetishmaydi. Oldinga bir qadam tashlash va ko‘p muddatli trendlarni o‘rganish uchun yilda ikki marta “fikrlash haftalari”ni tashkil etishimga to‘g‘ri kelardi. Hozirda malyariya kabi muammo bilan shug‘ullanyapman va bu sohadagi raqobat yuqori bo‘lishi hamda qarorlar tezroq qabul qilinishini istayman.
Bezgak bilan kurashish usullari haqida
Bezgak — fondimiz uchun juda muhim muammo. Bu kasallik oqibatida yuzaga keladigan o‘lim chivinlarga qarshi to‘r, sprey va yangi dorilardan foydalanish sababli ikki marta kamaygan. Biroq kelajakda bizga yangi vositalar kerak bo‘ladi, chunki malyariya mavjud vositalarga moslashadi. Bizda odamlarni uzoq himoya qiladigan vaksina yo‘q, biroq uni ishlab chiqishga faol ravishda sarmoya qilyapmiz. Biz qanday vositalar samarali bo‘lishini aniqlash uchun ko‘plab modellar yaratib, sinovdan o‘tkazyapmiz. Yangi usullardan biri gen drayvi. U odamlarni barcha infeksiyalardan tozalash oson bo‘lishi uchun chivinlar ko‘payishini bir necha yilga qisqartirish imkonini beradi. Bir necha yildan keyin bu uslub haqiqiy sharoitlarda sinov uchun tayyor bo‘ladi.
Altsgeymer kasalligiga qarshi dori haqida
Altsgeymer kasalligiga qarshi dorilarning ko‘plab sinovlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Biroq yaxshi yangiliklar ham bor: biz ishlab chiqayotgan instrumentlar bu kasallikni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Men bu muammoga optimizm bilan qarayman: agar kata ma'lumotlar bazasini umumlashtirib, tahlil qilsak va istiqbolli startaplarni moliyalashtirsak, keyingi 20 yilda Altsgeymer kasalligidan aziyat chekadiganlarga yordam beradigan dori vositalarini yaratamiz.
GMO haqida
GMO mavjud mahsulotlar salomatlik uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Bu texnologiyadan to‘g‘ri foydalanish esa butun dunyodagi ochlik va to‘yib ovqatlanmaslikni kamaytirish imkonini beradi. Men GMOsiz mahsulotlarni chetlab o‘tmayman, biroq odamlar ularni genetik modifikatsiya qilingan mahsulotdan yaxshiroq deb hisoblashi meni xafa qiladi.
Avtomatlashtirish haqida
Avtomatlashtirish sanoat inqilobi davridan boshlab samaradorlikning o‘sishiga xizmat qilgan. Traktorlarning paydo bo‘lishi yoki to‘qimachilik sohasining mashinalashtirilishini yodga olaylik. Dasturiy ta'minot rivojlanar ekan, samaradorlik yanada yuqori bo‘ladi, shuning uchun kelajakda paydo bo‘ladigan kasblarga odamlarni tayyorlash va o‘qitish to‘g‘risida jiddiy o‘ylashimiz kerak. Umuman olganda avtomatlashtirish – ajoyib ish. U tufayli kamroq ishlashimiz mumkin, biroq katta o‘zgarishlar bita avloddan keyingi avlod davrida yuz beradi.
Texnologiyalar haqida
Men kompyuterlar matnni o‘qib, odamlarga o‘xshab tushunadigan vaqt kelishini juda kutyapman. Bu zo‘r bo‘ladi. Bugun kompyuterlar muayyan so‘zlarni izlay oladi, biroq ta'til, karera yoki oila nima ekanini tushunmaydi. Haqiqatan ham foydali virtual yordamchi yaratish uchun Microsoft va boshqa kompaniyalar ish olib borishmoqda.
Yana bir istiqbolli soha – robototexnika. Odam tanasining harakatlanishi va obektlar bilan hamkorlik qilishi ajoyib. Ba'zi mutaxassislar robotlar o‘n yildan keyin inson qobiliyatlariga erisha oladi, deb hisoblaydilar, biroq boshqalar masalan, Rodni Bruks buning uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lishiga ishonishadi.
Muvaffaqiyat haqida
Turli sohalarda muvaffaqiyatli bo‘lish mumkin. Men maktabning yuqori sinflarida yaxshi baholar olganimda muvaffaqiyatga erishdim. 1990 yillarda orzuim amalga oshdi va kompyuter boshqa odamlarning ishlash qobiliyatini oshiradigan instrumentga aylandi. Bugun men yaxshi ota bo‘lish hamda fondimizning ulkan rejalari (ular orasida poliomiyelit va bezgak ustidan g‘alaba qilish ham bor) ustida ishlayapman. Men doimo muvaffaqiyat kafolatlangan sohalarda o‘z oldimizga maqsadlar qo‘yishimiz kerak ,deb hisoblayman. Men uchun bunday sohalardan biri – global isishga qarshi kurashishdir.
Kelajakda yuz berish ehtimoli mavjud bo‘lgan moliyaviy inqiroz haqida
Qachon yuz berishini aytish mushkul, biroq shubhasiz sodir bo‘ladi. Baxtni qarangki, 2008 yildagi inqiroz oqibatlari bilan nisbatan muvaffaqiyatli ish olib boryapmiz. Uorren Baffet bu haqida ko‘p gapirgan va mazkur sohani menga qaraganda yaxshi biladi. Mutaxassislarning bashoratlariga qaramay, men kelajakka optimizm bilan qarayman hamda innovatsiya va kapitalizm butun dunyodagi odamlar hayotini yaxshilashiga ishonaman.
Kriptovalyutalar haqida
Kriptovalyutalarning asosiy xususiyati – ularning anonimligi. Bu yaxshi deb o‘ylamayman.Davlatda pullarni o‘zlashtirish, soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va terroristik tashkilotlarni moliyalashtirish kabi holatlarni bilish imkoniyati bo‘lishi lozim. Kriptovalyutalar atrofidagi spekulyatsiya va ICO tezkor yutuqdan boshqa narsa bilan qiziqadiganlar uchun qo‘shimcha tavakkalchilikni yuzaga keltiradi.
Iqtisodiy notenglik haqida
Men ijtimoiy himoyani ta'minlash va teng imkoniyatlarni yaratishni yaxshilash kerak deb o‘ylayman. 100 yil avval odamlar qandaydir bir oddiy sanalgan xavfsizlik yostiqchasiga ega bo‘lishmagan, hozir esa bu soha tobora ishonchli bo‘lib boryapti. Men ko‘plab mamlakatlar meros uchun soliq to‘lashni joriy etmayotganidan hayron qolaman. U daromadlar yaxshi taqsimlanishiga xizmat qiladi va sulolalar paydo bo‘lishining oldini oladi. Kamchiliklarga qaramay, iqtisodiy tizimimiz so‘nggi 200 yil mobaynida katta moddiy boyliklar yaratdi. Endilikda biz ularni adolatli taqsimlash bilan shug‘ullanishimiz mumkin.
Prezidentlik poygasidagi ishtirok to‘g‘risida
Men prezidentlikka nomzodimni qo‘ymayman, men Melinda bilan fondimizda amalga oshirayotganlarimizga qattiq bog‘langanman. Amerikaning uzoq muddatda dunyodagi o‘rni, kasalliklarni yengishga yordam beradigan tadqiqotlar, ta'limni yaxshilash haqida o‘yladigan prezidentga ega bo‘lish muhim deb hisoblayman. Biroq menga odamlar davlatdan juda ko‘p narsa kutishadigandek tuyuladi.
Davlatimiz rivojlanishi kerak bo‘lgan sohalar mavjud, biroq tashabbuskor guruhlar davlat bajara olmaydigan ishlarni amalga oshirishga yordam beradi: maktablarda yordam berish, qashshoqlikdan aziyat chekkanlarni qo‘llab-quvvatlash. Bu xalqaro darajada ham ish beradi. Men fuqarolik jamiyati ko‘proq tashabbuskorlik ko‘rsatishini istayman. Balki abortlar yoki hatto immigratsiya masalalarida fikrimiz bir joydan chiqmasligi mumkin, biroq salomatlik va ta'lim sohalarini yaxshilashda bizga hech nima xalaqit qilmaydi.
Mavzuga oid
17:20 / 10.12.2024
Bill Geyts milliarder bo‘lishda yordam bergan bolaligidagi odati haqida aytib berdi
23:20 / 03.10.2024
Bill Geyts sun’iy intellekt oldidagi uchta asosiy qo‘rquvini aytdi
10:17 / 01.12.2023
Bill Geytsdan yil yakunida 3 ta kitob – milliarder qanday kitoblar tavsiya qildi?
23:05 / 24.11.2023