Jamiyat | 13:01 / 20.06.2018
17380
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda ikki kishi zovurda cho‘milayotganida cho‘kib ketdi

Illyustrativ foto/123RF

9 iyun kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashagan I.I. va Romiton tumanida yashagan O.M.lar  Xupkalak qishlog‘idan oqib o‘tuvchi zovurda cho‘milayotganlarida ehtiyotsizliklari oqibatida suvga cho‘kib ketganlar. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, jasadlar suvdan topib olingan. 

«Hurmatli fuqarolar, turli xil cho‘milish joylariga boradigan bo‘lsangiz, xavfsizlik choralarini ko‘ring. O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang. Yosh bolalaringizni cho‘milish joylariga nazoratchisiz yubormang va ularni nazoratsiz qoldirmang», - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid