Sport | 11:00 / 21.06.2018
19461
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Sakkizinchi kun anonsi: Bugun Ravshan Ermatov ishtirokini boshlaydi

Bugun, 21 iyun kuni jahon chempionati 2-tur bahslari davom etadi. Bugun ham 3ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Avvaliga «C» guruhida ikkinchi tur o‘yinlarini o‘tkaziladi. Dastlabki o‘yin birinchi turda Peruni mag‘lubiyatga uchratgan Daniya va Fransiyaga yutqazgan Avstraliya terma jamoalari o‘rtasida kechadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da, Samaradagi «Samara Arena»da boshlanadi.

DANIYa – AVSTRALIYa
21 iyun. Samara. «Samara Arena» stadioni. 17.00 (Match TV).
Hakamlar: Mateu Laos. Sebrian Devis, Dias Peres del Palomar (barchasi – Ispaniya).

Kunning ikkinchi o‘yini esa Fransiya va Peru terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Bu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlaninishi belgilangan.

FRANTsIYa – PeRU
21 iyun. Stadion «Yekaterinburg Arena» stadioni. 20.00 (Match TV).
Hakamlar: Muhammad. Al-Hammadi, Al-Mahri (barchasi – BAA).

Guruhdagi vaziyat

Kunning oxirgi o‘yini «D» guruhining ikki jamoasi — Argentina va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 23:00 ga belgilangan. E'tiborlisi, mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi.

ARGeNTINA – XORVATIYa
21 iyun. Nijniy Novgorod. «Nijniy Novgorod» stadioni. 23.00 (Pervyy kanal).
Hakamlar: Ermatov. Rasulov, Saidov (barchasi – O‘zbekiston).

Guruhdagi vaziyat

Barcha uchrashuvlar Futbol-TV telekanali tomonidan jonli efirda namoyish etiladi.

Mavzuga oid