Iqtisodiyot | 17:25 / 27.06.2018
33141
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 14,7 milliard dollarga yetdi

Foto: region-59.com

Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi qarzi 14,5 mlrd dollardan 14,7 mlrd dollargacha oshdi.

Ta'kidlanishicha, bu yerda bosh kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan kreditlar hisobga olinmaydi.

Qarzdorlikning asosiy o‘sishi davlat sektoriga to‘g‘ri keladi, u yerda kurs o‘zgarishlarini hisobga olgan holda davlat qarzlari o‘sishi 329 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

Davlat tashqi qarzlari summasining qoldig‘i 7,6 mlrd dollardan 7,9 mlrd dollargacha oshdi.

Xususiy tashqi qarz bo‘yicha majburiyatlarning o‘sishi bank sektorida (70 mln dollar) va nobank moliya muassasalari (3 mln dollar) sektorida kuzatildi.

Kompaniyalarning xususiy tashqi qarzlari miqdori asosiy qarzdorlik va foizlar bo‘yicha qarzni qoplash hisobiga 222 million dollarga kamaydi. Natijada, xususiy tashqi qarz bo‘yicha qarzdorlik 6,3 milliard dollardan 6 milliard dollarga pasaydi.

Mavzuga oid