Jahon | 23:52 / 29.06.2018
12936
2 daqiqa o‘qiladi

G‘arb musiqiy tahlilchilari 21-asrning eng yaxshi qo‘shiqlari reytingini tuzishdi

Foto: Fotolia / Andrew Bayda

Musiqiy tahlilchilar 21-asrning eng yaxshi qo‘shiqlari reytingini tuzishdi. Ushbu ro‘yxat Rolling Stone nashri saytida e'lon qilingan.

Ta'kidlanishicha, nashr tahririyati musiqachilar, prodyuserlar va tanqidchilarga 2000 yildan keyin chiqqan “eng yaxshi qo‘shiqlar”dan iborat o‘z ro‘yxatlarini tuzishni so‘ragan. So‘ngra javoblar taqqoslab chiqilib, yakuniy reyting tuzilgan.

Reytingga ko‘ra, 1-o‘rinni amerikalik qo‘shiqchi Beyonsening “Crazy in Love” qo‘shig‘i egallagan. Bu qo‘shiq Beyonsening 2003 yildagi ilk albomi “Dangerously in Love”da paydo bo‘lgan. Qo‘shiq uning turmush o‘rtog‘i, rep ijrochi Jyey-Zi ishtirokida yozilgan.

Britaniyalik qo‘shiqchi M.I.A.’ning “Xarobalardan chiqqan millioner” filmi uchun saundtrek bo‘lgan “Paper Planes” qo‘shig‘i 2-o‘rinni egallagan. 3-o‘ringa “The White Stripes” rok-guruhining “Seven Nation Army” qo‘shig‘i qo‘yilgan.

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Outkast duetining “Hey Ya!” kompozitsiyasi, Jyey-Zining “99 Problems”, AQShning Yeah Yeah Yeahs indi-guruhining "Maps", Kane Uestning "Runaway", britaniyalik qo‘shiqchi Adelning "Rolling in the Deep", yangi zelandiyalik qo‘shiqchi Lordining "Royals" va The Strokes guruhining "Last Nite" qo‘shiqlari joy olgan.

Mavzuga oid