Jahon | 22:44 / 30.06.2018
6875
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikaliklar Trampning migratsiya siyosatiga qarshi namoyishlar o‘tkazishmoqda

30 iyunda AQShning barcha shtatlarida prezident Donald Trampning migratsiya siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: twitter.com/Jennie Matthew

Namoyishchilar talablari orasida muhojirlar oilalarini bir-biridan ajratish, xibsga olinganlarni ozod qilish va chegarani noqonuniy o‘tganlari uchun ularga nisbatan tergovni bas qilish, “nol toqatlik” siyosatidan voz kechish kabilar bor.

Foto: twitter.com/Jennie Matthew

USA Today nashri ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishlar “Oilalarni birlashtiramiz” shiorlari ostida o‘tmoqda. Har bir shtatda bunga bag‘ishlangan kamida bitta, ba'zilarida esa bir necha o‘nlab tadbirlar o‘tmoqda.

Foto: twitter.com/Jennie Matthew

Tramp ma'muriyatining noqonuniy muhojirlarga nisbatan olib borayotgan siyosati AQShda ham, uning tashqarisida ham keskin tanqid qilinmoqda.

Foto: twitter.com/Jennie Matthew

 

Mavzuga oid