Sport | 11:20 / 01.07.2018
13456
1 daqiqa o‘qiladi

Kun fotosi: Ronaldu jarohatlangan Kavaniga yordam ko‘rsatdi

Urugvay terma jamoasi hujumchisi Edinson Kavani JCh-2018 pley-offida Portugaliya darvozasiga ikki gol urdi. U boshi va oyoqlari bilan Yevropa chempionlarini muddatidan avval uyiga ravona qildi.

O‘yinning 71-daqiqasida esa hujumchi oqsoqlana boshladi va o‘yinni davom ettira olmadi.

Uni maydondan tashqariga Portugaliya termasi sardori Krishtianu Ronaldu qo‘ltiqlagancha kuzatib qo‘ydi.

Ronalduning bu harakati muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters

Qolgan vaqtni Kavanisiz davom ettirgan Urugvay raqib hujumlarni kuchaytirgan bo‘lsada, g‘alabani saqlab qoldi (2:1).

Hozircha Kavanining jarohati darajasi ma'lum emas. Zaxira o‘rindig‘ida u tizzasiga muz qo‘yib o‘tirdi. Bu kichik shikastlanish ham bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid