Jahon | 00:14 / 04.07.2018
7245
3 daqiqa o‘qiladi

Misrda harbiy to‘ntarish yuz bergan sanaga besh yil to‘ldi - infografika

Misr Arab Respublikasida harbiy to‘ntarish yuz bergan sana va demokratik saylangan prezident Muhammad Mursiyning iqtidordan ketkazilgan kunga hash-pash deguncha 5 yil bo‘lib qo‘yibdi.

Foto: cdnuploads.aa.com.tk

2013 yilning 3 iyulida yuz bergan harbiy to‘ntarishdan so‘ng 67 yoshli Mursiyga nisbatan oltita jinoiy ish ochilgan, deb yozadi Anado‘lu agentligi.

Sobiq davlat rahbarini terrorchilar bilan aloqada, Qohiradagi «Al-Ittihodiya» prezident majmuasi oldidagi qonli voqealar, sudyalarni haqorat qilish, Qatar va falastinliklarning HAMAS harakati foydasiga josuslik qilishda ayblashdi.

Bundan tashqari Mursiyning nomi juda shov-shuvli «Katta qochish» ishida — 2011 yili «25 yanvar inqilobi» kunida mahbuslarning ommaviy qochishi ishida ham tilga olinmoqda.

Uchta jinoiy ish bo‘yicha sud hukmi allaqachon o‘qib bo‘lingan, qolganlari — ko‘rib chiqilish bosqichida.

INFOGRAFIKA

Foto: cdnuploads.aa.com.tk

Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar Mursiyga nisbatan sud majlislari siyosiylashtirilganini ta'kidlab kelishadi.

«Salom» huquqni himoya qilish tashkiloti rahbari A'lo Abdulmunsif «Anado‘lu» agentligi bilan suhbatda Mursiy manzili tomon barcha ayblovlar «uning siyosiy raqiblari qasosi» ekanligini aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buni shu fakt ham tasdiqlaydiki, harbiy to‘ntarishdan so‘ng Mursiy darhol yo‘qolib qolgan va uning joyi yashirilgan. Keyinchalik Misr sobiq rahbari sud surishtiruvlari jarayonida bir kishilik kameraga joylashtirilgani oydinlashdi.

Foto: cdnuploads.aa.com.tk

«Rejim, u yoki bu yo‘l bilan undan qutilmoqchi», — deya ishonadi Abdulmunsif.

Qohiradagi Amerika universiteti ijtimoiy siyosat fakulteti o‘qituvchisi, professor Sayid Sodiqning ishonishicha, Muhammad Mursiyga qarshi sud jarayonlari — Misrda so‘nggi yillarda yuz berayotgan siyosiy kurashlarning hosilasidir.

«Sobiq davlat rahbariga nisbatan sud jarayonlari nechog‘lik cho‘zilishini taxmin qilish juda qiyin. As-Sisiy rejimi kuchli va «Musulmon birodarlar» tashkiloti bilan murosaga borishni o‘ziga ep bilmaydi. «Mursiyni uni taxtdan mahrum qilganlar ozod qiladimi?» degan savol o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi», — deya qayd etadi professor.

Mavzuga oid