Jahon | 18:27 / 12.07.2018
11214
2 daqiqa o‘qiladi

Kerri Trampning NATO sammitidagi harakatlarini tanqid qildi

Foto: Getty Images

AQShning sobiq davlat kotibi Jon Kerri AQSh prezidenti Donald Trampning NATO sammitida o‘zini tutishini tanqid qildi. Uning fikricha, bu “AQShning jahondagi nufuziga putur yetkazadi”.

“Men hech qachon prezident Trampning NATO va Germaniyaga qarshi bu darajadagi g‘alati va besamar nutqi kabi so‘zlarni eshitmaganman. Bu uyatli, halokatga olib keluvchi va AQShning hozirgi manfaatlariga butkul zid holat bo‘ldi”, — deb yozdi Kerri Twitter akkauntida.

“U bizning jahondagi nufuzimizga to‘xtovsiz putur yetkazmoqda. U bizning manfaatlarimizni parchalamoqda”, — deb qo‘shib qo‘ydi Kerri.

Tramp Bryusselda bo‘lib o‘tayotgan NATO mamlakatlari sammitida Germaniya gaz yetkazish orqali to‘laligicha Rossiya tomonidan boshqarilayotganini bildirgandi. U Germaniya Rossiya gazi uchun milliardlar to‘lab, “Shimoliy oqim-2”ni qurishni mo‘ljallagan bir paytda AQSh uni NATO bo‘yicha ittifoqdosh sifatida himoya qilishini aslo yoqlamasligini aytgandi.

Mavzuga oid