Jahon | 21:37 / 14.07.2018
14195
2 daqiqa o‘qiladi

Kinotanqidchilar XXI asrning eng yaxshi 50 komediyasi ro‘yxatini tuzishdi

Rolling Stone jurnali kinotanqidchilari XXI asrning eng yaxshi 50 komediyasidan iborat ro‘yxatni tuzishdi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni rejissyor Kristofer Gestning 2000 yilda ekranlarga chiqqan "Shou g‘oliblari" filmi egalladi.

Foto: Shutterstock

Unda itlar ko‘rgazmasi va jonivorlar egalari ko‘rgazmada g‘olib chiqish uchun har narsaga tayyor ekanliklari hikoya qilinadi.

Reytingning ikkinchi o‘rnida Armando Iannuchchining zamonaviy britan-amerika siyosati haqidagi "Sirtmoq" (2009) komediyasi joylashdi. Uchinchi o‘ringa kelinning dugonalari boshidan kechirgan sarguzashtlar tasvirlangan Pol Figning "Vegasdagi qizlar bazmi" filmi loyiq ko‘rildi.

Foto: Shutterstock
Foto: Shutterstock

Shuningdek, eng yaxshi filmlar o‘ntaligidan "Tutingan og‘a-inilar" (2008), "Idiokratiya" (2006), "Oyoqdan chaluvchi sevgi" (2002), "Toni Erdmann" (2016), "Shon ismli zombi" (2004), "Qirq yoshli bo‘ydoq" (2005) va "Kadr ortidagi hayot" (2000) komediyalari joy oldi.

 

Mavzuga oid