Jahon | 19:00 / 16.07.2018
9558
1 daqiqa o‘qiladi
Eron AQShni sudga berdi
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Tehron AQShning bir tomonlama sanksiyalari kiritishi ustidan BMT Xalqaro sudiga murojaat qilganini bildirdi.
U Eron AQSh «noqonuniy tarzda takroran bir tomonlama sanksiyalar» kiritgani uchun javob berishini istayotganini ma'lum qildi.
«Eron AQShning diplomatiya va huquqiy majburiyatlarni mensimasligiga nisbatan qonun ustuvorligi bo‘lishi tarafdori. Ularning xalqaro qonunlarni buzish odatlariga qarshi chiqish burchimiz», — ta'kidladi vazir.
Eslatib o‘tamiz, sakkizinchi may kuni Donald Tramp Vashington Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini, shuningdek, Tehronga qarshi barcha sanksiyalar qayta tiklanishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:36 / 07.01.2025
Eronda 2024 yilda qariyb ming kishi qatl etildi
15:34 / 03.01.2025
Eron Saudiya elchisini Eron fuqarolari qatl etilgani munosabati bilan TIVga chaqirtirdi
16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
20:58 / 24.12.2024