Sport | 02:45 / 16.07.2018
16340
2 daqiqa o‘qiladi

Luka Modrich: Erishgan natijamiz va bugungi o‘yinimizdan faxrlanamiz

Foto: RIA "Novosti"

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich jahon chempionati finalida Fransiyadan qabul qilingan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi. 

"Musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lganim biroz bo‘lsa ham kayfiyatimni ko‘tardimi? Yo‘q, albatta! Biz axir mag‘lub bo‘ldik. Mening yagona intilgan maqsadim – bu Xorvatiyaning g‘alabasi edi. 

Bugun mening jamoamga shunchaki omad yetishmadi. Men aynan shunday hisoblayman. Jamoamizdagi har bir o‘yinchi shu fikrda. Biz yaxshi o‘ynadik va bugun maydondagi eng yaxshi jamoa bo‘ldik. Biroq eng yaxshi jamoalar doim ham yutavermaydi. Ikkinchi gol o‘yinni o‘zgartirgan vaziyat bo‘ldi. Biz hakam VAR yordamiga murojaat qilganida hayron bo‘ldik. Umuman, biz hakamning ishidan hayratdamiz. Birinchi gol oldidan u jarima zarbasi belgiladi, menimcha, u yerda fol yo‘q edi. Fransiya hisobni ochdi. Biroq biz ajoyib futbol namoyish qilib, o‘yinga qaytdik, hakam esa penalti belgiladi. Bunday vaziyatlar doimo jamoani o‘ldiradi. Doimo kambeklar amalga oshirishning iloji yo‘q. 

Biz oxirigacha kurashdik va erishgan natijamiz va bugungi o‘yinimizdan faxrlanamiz. Afsuski, buning o‘zi yetarli bo‘lmadi", – dedi Modrich. 

Mavzuga oid