Sport | 14:50 / 17.07.2018
8109
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning shaxmatchi maktab o‘quvchilari Osiyoda tengsiz bo‘ldi

2018 yil 7-15 iyul kunlari Shri-Lankaning Kalutara shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida 7,9,11,13,15 va17 yoshgacha maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmatning standart, rapid va blits yunalishlari buyicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Birinchilikda 15ta davlat vakillaridan tezkor shaxmat yo‘nalishida 422, blits yo‘nalishida 443, standart yo‘nalishida 454 yosh aql idrok sohiblari o‘zaro kuch sinashdi. Bu haqda O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi ma'lum qilmoqda.

2018 yilning  8 iyul kuni nihoyasiga yetgan Tezkor shaxmat yo‘nalishida O‘zbekiston vakillari 4ta oltin, 3ta kumush, 4ta bronza medallarni qo‘lga kiritib, Osiyo davlatlari o‘rtasida tengsiz ekanligini isbot etdilar.

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi

9-14 iyulda terma jamoa vakillari Standart yo‘nalishi bo‘yicha bahslar tashkil etilib, unda o‘zbekistonlik sportchilar 7ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu yo‘nalishda ham sportchilar jamoaviy hisobda 1-o‘rinni egalladi.

14 iyul kuni Chempionatning Blits yo‘nalishi nihoyasiga yetdi. Bu yo‘nalishda ham o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari tengsiz ekanliklarini yana bir bor namoyish etdilar. Natijalarga ko‘ra, sportchilarimiz jami 12ta: 5ta oltin, 6ta kumush, 1ta bronza medallarni qo‘lga kiritdilar.

 

Musobaqada jamoaning muvaffaqiyatli ishtirok etishida Omonova Umida-13 yoshgacha qizlar o‘rtasida mutlaq chempionga aylandi. U Standart, Tezkor shaxmat va Blits yo‘nalishlari bo‘yicha osiyolik tengdoshlariga hech kanday imkoniyat qoldirmadi hamda 3ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi

Begmuratov Humoyun - 9 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida 2ta oltin va 1ta kumush medalga egalik qilib, terma jamoa sharafini munosib himoya qildi.

Hamdamova Afruza - 9 yoshgacha qizlar o‘rtasida 2ta oltin va 1ta kumush medalni qo‘lga kiritib, o‘z yosh toifasida tengsiz ekanligini isbotladi.

Mahmudjonov Davlat - 11 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida 2ta oltin va 1ta bronza medalga egalik qildi. Osiyo chempionatida ilk bor ishtirok etishiga qaramasdan, o‘zining ajoyib iqtidor egasi ekanligini tengdoshlariga namoyish etdi.

Olimova Ruqiya - 7 yoshgacha qizlar o‘rtasida 2ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Saparova Sitora, Qosimov Ali, Abdusalimov Abdumalik, Aktamova Zilola,  Abdurahmonova Muhammadali, Rahmatullayev Olmaslar o‘z yosh toifalarida oltin medallarga egalik qildilar.

16 iyul kuni Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlari Toshkent shahriga qaytib kelishdi. Yosh sportchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantali ravishda kutib olindi.

Sportchilar va ularni kutib olganlarga 2 qavatli avtobusda Toshkent shahri bo‘ylab g‘alaba shukuhi ulashildi.

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi
Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi
Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi
Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi
Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi

Mavzuga oid