Sport | 21:40 / 25.07.2018
7708
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» Ronaldu o‘rniga Kavanini olishi mumkin

«PSJ» hujumchisi Edinson Kavani «Real» qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.

As nashri xabariga ko‘ra, «Real» hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlamoqda, Kavani – yozgi transferlar chog‘ida «Yuventus»ga yo‘l olgan Krishtianu Ronalduga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.

«PSJ» rahbariyati urugvaylik hujumchisini sotishi mumkinligini istisno etmayapti. Bunday transfer parijliklar klubining moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq muammolarini, shuningdek ushbu futbolchining jamoaning boshqa bir hujumchisi Neymar bilan ziddiyati tufayli yuzaga kelgan muammoni hal qilishi bilan e'tiborlidir.

Hozirda Kavanining parijliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha tuzilgan.

«PSJ» 31 yoshli hujumchisini 100 mln yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Kavani yiliga 12 mln yevro maosh talab qiladi.

Ayni paytda Kavani xizmatiga sobiq jamoasi «Napoli» ham qiziqish bildirgan. Biroq, neapolliklar uning maoshini ko‘tara olmasligi aniq.

2017/18 mavsumida urugvaylik futbolchi Fransiya chempionatida 32ta o‘yin o‘tkazib, 28ta gol urgan va 9ta golga hammualliflik qilgan. Uning transferi 100 million yevro bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid