Jahon | 16:48 / 25.07.2018
4878
2 daqiqa o‘qiladi

JARda BRIKSning o‘ninchi sammiti ochildi

Foto: REUTERS/Siphiwe Sibeko

BRIKS davlatlari rahbarlarining o‘ninchi sammiti chorshanba kuni Yoxannesburgda ochildi. Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR yetakchilari ishtirok etadigan uch kunlik tadbir biznes-forum bilan start oldi.

Forumga tashrif buyurgan mehmonlarga JARning Savdo va sanoat vaziri Rob Deyvis ma'ruza qildi. «Mazkur biznes-forum Afrika qit'asining iqtisodiy o‘ziga xos jihatlarini, ayniqsa, rivojlangan sanoat, energetika, texnologiyalar, transport, aviatsiya, axborot-kommunikatsiya, moliyaviy xizmatlar sohasidagi yutuqlarini ko‘rsatish, shuningdek, BRIKS davlatlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilish platformasi sanaladi», - deya ta'kidlab o‘tdi u. 

Shuningdek, vazirning qayd etishicha, Afrika bozorlari Afrika qit'asi erkin savdo hududini tashkil etish nuqtai nazaridan ehtimoliy investorlar uchun jozibador. Tegishli hujjatga Afrika ittifoqiga a'zo 55 davlatning 49tasi imzo qo‘ydi. tomonidan kiritilgan.

Sammit BRIKS davlatlari rahbarlarining 26 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi bilan davom etadi, 27 iyul kuni esa, JAR hukumati taklifi bilan Argentina, Misr, Indoneziya, Turkiya, Yamayka va Afrikadagi qator davlatlar rahbarlari ishtirok etadi. Sammitdagi dastlabki tadbirlari 23 iyul kuni boshlandi. Ularning doirasida BRIKS mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklari rasmiy vakillarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mavzuga oid