Jahon | 11:10 / 29.07.2018
17637
1 daqiqa o‘qiladi

Skripallar ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi

Image: Getty

Rossiya razvedka bosh boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda ikkita guruh ishtirok etgan. Bu haqda tergovchilarga tayanib Mirror nashri xabar berdi. 

Taxmin qilinishicha, birinchi guruh zaharlovchi moddani Buyuk Britaniyaga olib kelgan, ikkinchi guruh esa zaharlash bilan shug‘ullangan. 

Iyun oyi oxirida  Eymsberi shahrida «Novichok» turidagi modda bilan zaharlangan Charli Rouli Solsberidagi Yelizaveta parkidan topib olgan konteynerni atir deb o‘ylab Don Sterjyessga sovg‘a qilganini aytgan.  

Britaniyalik Charli Rouli va Don Sterjyess 30 iyun kuni zaharlangan, Sterjyess kasalxonada vafot etgan. Maxsus xizmatlarning fikricha, ular Sergey Skripal va uning qizi Yuliya mart oyida zaharlangan moddadan zaharlanishgan.

Rasmiy London Skripallarni zaharlashda Moskvani ayblagan, Moskva bu ayblovni rad etib kelmoqda.

Mavzuga oid