Sport | 09:13 / 30.07.2018
14955
2 daqiqa o‘qiladi

Berlinda Mesut O‘zilni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Germaniya poytaxti Berlin shahrida asli turk millatiga mansub, nemis futbolchisi Mesut O‘zilni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Anadolu

«Men O‘zilman» aksiyasi «Axel Springer» nashriyoti joylashgan bino oldida tashkil etildi. 

Miting ishtirokchilar Turkiya va Germaniya bayroqlarini qo‘lga olib, Bild nemis gazetasida chop etilgan materialga munosabat bildirishdi. 

Aktsiya tashkilotchilaridan biri Bilgili Urtmenning aytishicha, Germaniyada musulmon va turk millatiga mansub fuqarolar siyosiy qarashlari tufayli tazyiqlarga uchramoqda. 

Foto: Anadolu

Mesut O‘zil JCh-2018 arafasida Angliyaga rasmiy tashrif uyushtirgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan fotosuratga tushganidan keyin nemis nashrlarida qattiq tanqidga uchragandi.

O‘zil shu mashmashalar davomida milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. 

Ayni vaqtda 29 yoshda bo‘lgan futbolchi 2009 yildan buyon Germaniya terma jamoasi safida xalqaro maydonlarda to‘p surib kelayotgandi. U milliy terma jamoa uchun jami 92 o‘yin o‘tkazgan, 2014 yili Braziliya mundialida chempionga aylangan.​

Foto: Getty Images

Mavzuga oid