Iqtisodiyot | 12:08 / 31.07.2018
44209
2 daqiqa o‘qiladi

Propan narxi qaysi viloyatda eng yuqori sur'atda qimmatlashgani ma'lum bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

2018 yilning iyul oyida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlarining 1,7%ga qimmatlashishi umumiy INIning 0,6 f.d.da oshishiga olib keldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Avtomobillar uchun yoqilg‘i hamda maishiy yoqilg‘i (ko‘mir)dan tashqari ushbu guruhning asosiy turdagi mahsulotlari narxlari orasida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmadi.

Ko‘mir narxining qimmatlashishi yig‘ma INI oshishiga 0,5 f.d.da yoki umumiy nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining qimmatlashishidagi hissasi 83,3%ni tashkil etgan.

Ta'sir darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari orqali sotiluvchi yoqilg‘i, ya'ni, propan mahsuloti egallagan. Oy davomida uning narxi o‘rtacha 19,3%ga ko‘tarilgan. Narxlar qimmatlashishining asosiy sabablaridan biri, mazkur mahsulotga nisbatan shakllanayotgan birja narxlari hamda yoqilg‘i-moylash materiallari bozorida yuzaga kelayotgan holatlar propan narxining sezilarli darajada qimmatlashishiga o‘z ta'sirini o‘tkazdi. Hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, propan narxi yuqori sur'atda Qashqadaryo viloyatida (o‘rtacha 1,4 barobarga), past darajada esa Sirdaryo viloyatida (8,1%) qimmatlashgan.

Joriy yilning III choragi davomida inflyatsiya darajasini jilovlash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, respublikada ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish va korxonalarni modernizatsiya qilish hisobiga ishlab chiqarish hajmini oshirish va mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasida g‘isht mahsulotlarining chakana narxi o‘rtacha 5,0%ga arzonlashdi. Tsement narxlari esa aksincha, iyul oyida ham avvalgi oylardagi kabi o‘sishda davom etmoqda (oy davomida o‘rtacha 2,2%).

Mavzuga oid