Iqtisodiyot | 11:03 / 01.08.2018
16988
2 daqiqa o‘qiladi

Savdo urushlari O‘zbekiston iqtisodiyotiga ziyon yetkazishi mumkin

Foto: Pixabay

Eksportga chiqariluvchi asosiy xom-ashyo mahsulotlari narxining pasayishi, shuningdek, xalqaro savdo munosabatlaridagi tanglik O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun xavf tug‘diradi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) bayonotida aytilgan.

«Kelgusida eksportga chiqariluvchi asosiy xom-ashyo mahsulotlari (oltin, tabiiy gaz, paxta) narxi o‘sishiga bo‘lgan tendensiya 2019 yilda to‘xtashi va narxlar barqarorlashishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston savdo sheriklari tomonidan importga bo‘lgan talabning o‘sishi pasayishi kutilmoqda; xalqaro savdo munosabatlaridagi keskinlikning kuchayishi holatida salbiy yo‘nalishdagi jiddiy xatarlar paydo bo‘lishi mumkin», - deyiladi XVJ missiyasining O‘zbekistonga tashrifi ortidan e'lon qilingan bayonotida. 

So‘nggi bir necha oy ichida AQShning YeI va Xitoy bilan savdo aloqalari keskin yomonlashdi. O‘zaro bojlar munosabatlarni yanada keskinlashtirishi, bu esa savdo urushiga olib kelishi mumkin.

Biroq, XVJ ekspertlarining ta'kidlashicha, tashqi barqarorlik bo‘yicha xatarlar past darajada qoladi, bunda «valyuta zaxiralarining katta hajmi va tashqi qarzdorlikning o‘rtacha darajasini inobatga olingan, buning ustiga, qarzlarning aksariyati imtiyozli shartlar asosida olingan».

Valyuta bozori va savdoni liberallashtirish, shuningdek, O‘zbekiston chegaralarining ochilishi natijasida, 2018 yilning birinchi yarmida eksport va import o‘sishi miqdori prognoz ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada ortda qoldirdi. Umuman olganda, missiya tashqi savdo hajmining sezilarli darajada oshishiga ishora qilmoqda, ammo xom-ashyo tovarlari narxining o‘sishi va tashqi talabning ko‘payishi pasayadi.

Mavzuga oid