Light | 18:53 / 03.08.2018
12655
11 daqiqa o‘qiladi

Ford’dan 5 saboq

Hozirda avtomobillarga egalik qilmay, ulardan umumiy foydalaniladigan kelajak haqida gapirilmoqda. Bunda avtomobillarning o‘zi avtonomga aylanadi, avto ishlab chiqaruvchilarning katta ulushi esa raqamli mobil xizmatlarga to‘g‘ri keladi. Biroq siz Ford Motor Company bo‘lib, yangi texnologiyalarga milliardlarni sarmoya qilish istiqboliga yuzma-yuz kelgan bo‘lsangiz, bir asr mobaynida muvaffaqiyatli sanalgan sobiq biznes-modelingiz o‘zgarayotgan bir paytda bir necha savollarni berishni istashingiz tabiiy. Xaridorlar bunga qanday munosabatda bo‘lishadi? Ular aslida nimani istaydilar? Qaysi imkoniyatlar real va qaysilari tasavvur natijasi ekanini qanday aniqlash mumkin?

Kelajak nimaga o‘xshashini sinab ko‘rish uchun, 2016 yilda Ford kompaniyasi Chariot mobil servisini xarid qilishga 50 million AQSh dollari sarfladi. Startap Y Combinator biznes-inkubatori dasturida ishtirok etdi va mobil servis iste'molchilarining har kuni yuzaga keladigan eng muhim va dolzarb ehtiyojlari – ishga yetib olish va uyga qaytib kelishga diqqatni qaratdi.

Bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘layotgan Chariot yordamida olingan saboqlar diqqatga sazovor. Ford tufayli o‘zlashtirishingiz mumkin bo‘lgan darslar quyidagilardan iborat. Xususan, ular mobil servislarga tegishli, oldinga harakatlanib, bir vaqtning o‘zida sinovlar o‘tkazib va o‘rganib, yangi biznes-modellarning noaniq jihatlarini yengishga oid ma'lumotlarni beradi.

Bu saboqlarning har biri yangi biznes modelni yaratishning turli jihatlariga tegishli. Uni to‘rt elementdan iborat tizim hisobiga yangi bozorlardagi o‘sish sifatida tasvirlash mumkin: mijozlar uchun qimmatli taklif, daromad olish formulalari, asosiy resurslar va tashkiliy jarayonlar.

Foto: EPA

1. Katta orzular qiling, biroq ishni kichiklaridan boshlang

Chariot eng ilg‘or texnologik hududlardan biri, aholisi ishga borish va uyga qaytishda murakkabliklarga duch keladigan San-Frantsisko bo‘g‘ozida «mikrotashuvlar» bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Buning uchun Wi-Fi, rozetkalar va yuk uchun javonga ega, 14 joyli mikroavtobuslarning kichik parkini xarid qildi. Chariot ilovasi yordamida yo‘lovchilar mavjud marshrutlar uchun ro‘yxatdan o‘tish yoki yangilarini taklif etish (kraudsorsingning yangi modelidan foydalanib) mumkin edi.

Servis muvaffaqiyatli ishlab ketgach, Ford o‘nlab yangi marshrutlarni kiritib va parklar sonini 200 dan ortiqqa yetkazib, uni rivojlantira boshladi. Ford keyingi bozor sifatida Ostinni tanladi, u yerda 50 dan ortiq transport vositalari harakatlana boshladi. Ana undan keyin servis Sietl va Kolumbusda ishga tushdi. Keyin esa mikroavtobuslar London va Nyu-Yorkning bir necha strategik muhim marshrutlari bo‘ylab harakatlana boshladi.

Biznesning kengayishi natijasida Chariotning katta maqsadlari oydinlashdi. Ford shahar mikrotashuvlari uchun maxsus ishlab chiqilgan avtomobilni taqdim etish istagida. Bu chiqindi gazlar ishlab chiqarmaydigan Transit Custom gibrid avtomobili bo‘ladi. Hozirda u Londonda sinovdan o‘tkazilmoqda, uni 2019 yildan boshlab ommaviy ishlab chiqarish rejalashtirilyapti.

2. Ijtimoiy, hissiy va funksional ehtiyojlarni qondiring

Bir qarashda odamlarni ishga va uyga eltish logistika bo‘lib ko‘rinadi, biroq u ijtimoiy jihatdan muhim ish. Agar odamlar Chariot mikroavtobuslarida bir soat va undan ko‘p vaqtni o‘tkazishar ekan, sayohat ular uchun alohida taassurotga aylanadi. Bu yerda bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar tushunchasini eslab o‘tish joiz. Mijozning «vazifasi» uni qoniqtiradigan hayotga intilish, ular tarkibiga mahsulot yoki xizmatning funksional jihatlari chegarasidan chiqadigan boshqa chuqur ehtiyojlar ham kiradi.

Shuning uchun Ford o‘z reklamasida yuzida tabassum bilan marshrutkaga o‘tirayotgan odamlarni ko‘rsatadi. Ularning nigohi atrofdagi yo‘lovchilarning nigohlari bilan to‘qnashadi va o‘zaro suhbatga kirishishadi. Servisdan foydalanuvchi asosiy demografik guruh sanalgan yoshlar uchun yangi odamlar bilan tanishish ayniqsa muhim. Hissiy ehtiyojlarga ular ketayotgan mikroavtobuslar orasidagi atrof-muhitni ifloslantirishning past darajasi ham kiradi. Umumiy foydalanish modeli tirbandliklar va shahardagi SO2 ajralishi darajasini kamaytiradi. Gibrid elektromobillarga o‘tish bu ehtiyojning qondirilishiga hissa qo‘shadi.

Foto: TASS

3. Qanday qilib daromad olishni tushuning

Sinovlar natijasida Ford oxir-oqibat daromadli biznes yaratishi zarur. Buning uchun yo‘lovchilar ko‘proq to‘lashga tayyor bo‘lgan marshrutlarni ishlab chiqish lozim. Bu juda muhim jihat, chunki Ford avtomobillar savdosi 10 foizni tashkil etishi bilan taqqoslaganda mobil servislar ulushi 20 dan 30 foizgachani tashkil etadigan kelajakni maqsad qilgan.

Dastavval bozor to‘lovning juda egiluvchan variantlarini talab etgandi: servisdan foydalanish fakti bo‘yicha, bir necha sayohat uchun chipta savdosi, 119 dollar evaziga bir oylik yo‘l chiptasi (bu holatda har bir foydalanish narxi 4 dollargacha kamayar edi). Tongda va tirbandliklar vaqtida foydalanganlik uchun arzonroq takliflar ham bor.

Daromad olish imkoniyati chiqimga juda bog‘liq, bu esa odamlarni ish joyiga yetkazishda logistik muammoga duch kelgan Ford kompaniyasi uchun dolzarb masalaga aylandi. Chariot’ning ko‘plab mijozlari ishlaydigan ma'muriy majmualar katta maydonni egallaydi hamda har bir mijozni yetkazish servisning ham, boshqa mijozlarning ham ko‘p vaqtini oladi.

Chariot mijozlari ishlaydigan kompaniyalar yordamga keldi, deya tushuntirish berdi Ford Mobility rahbari Marsi Klevorn OAV vakillari bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan telekonferensiyada. Kompaniyalarning arizalariga ko‘ra, boshqa avtobusga o‘tirib olish punktlari o‘rnatiladi, bu yerda yo‘lovchilar muayyan ma'muriy majmua bo‘ylab ketayotgan avtobusga o‘tirib olishlari mumkin.

4. Yangi qoida, norma va metrikalarni o‘rnating

O‘zining yengil va yuk avtomobillarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha biznesida Ford ancha oldin o‘rnatilgan qoida, norma va metrikalarga qarab ish tutadi. Avtomobil chizmalarni chizishdan avtomobilning bozorga chiqish jarayonigacha bir necha yilga teng bo‘lishi sabab Ford investitsiyalari rentabelligi formulalari tarixiy voqealarga muvofiq ishlab chiqiladi.

Barclay’s ijrochi direktori Ashok Vasvanining aytishicha, «ona kemaga qaroqchilar kemasini yo‘q qilishni bermanglar».Agar Ford yangi logistik biznesda o‘sha hisob-kitoblarni qo‘llasa, uni muvaffaqiyatga olib bormay, «o‘ldirib qo‘yishi» aniq. Ford yangi vazifalarni hal etish uchun yangi normalarni ishlab chiqishi lozim.

Masalan, Chariot servisi San-Frantsiskodagi ko‘cha harakatlari qoidalari unga marshrutlarni boshqarishiga xalaqit berishi va kesishish yo‘llarida to‘xtash imkonini bermasligi muammosiga duch keldi. Natijada kompaniya ba'zi avtobus to‘xtash joylarini trotuarning bo‘yoq bilan belgilangan maxsus qismiga o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Boshqa munitsipalitetlar bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash uchun Ford GPS va yo‘lovchilar oqimiga oid ma'lumotlarni ularga ham taqdim etishni boshladi. Bu vazifalar avtomobil zavodida konveyerlarni o‘rnatishga umuman o‘xshamaydi.

Foto: Getty Images

5. Yangi biznes-modellar portfelini shakllantiring

Har qanday yangi korxona yoki biznes-modelda tavakkalchilik mavjud. Ford kichik narsadan boshlab, sinab, o‘rganib va jarayon davomida o‘zgarib tavakkalchilik darajasini pasaytirganiga qaramay, Chariot o‘sish uchun yangi muhitdagi yagona biznes-model emas. Masalan, Michigan kompaniyasi Dearborn to‘rt guruhga ajratish mumkin bo‘lgan jamoalar yordamida startaplarning yalpi portfelini shakllantirdi.

Ford X yangi biznes-g‘oyalarni izlash va ishlab chiqish, avtomobillar, obekt va shahar infratuzilmalari o‘rtasidagi aloqa uchun mo‘ljallangan transport mobillik tizimini boshqarish bilan shug‘ullanadi. Yil oxiriga kelib bu xizmatlardan Ford’dan boshqa kompaniyalar ham foydalanishi kutilmoqda.

Mobility Business Group’ga yangi biznes-modellarni kengaytirish topshirilgan. Ularga Chariot va avtomobil hamda velosipedlardan umumiy foydalanishning boshqa servislari, yuk va mahsulotlarni yetkazib berish, shuningdek mijozlarni shoshilmasdan yetkazish xizmatlari kiradi.

Mobility Platforms and Products Ford kompaniyasining kelajakdagi mobil servislari uchun asqotadigan texnologiyalarni loyihalashtiradi va ishlab chiqaradi.

Mobility Marketing and Growth kompaniyaning mobil servislarini olg‘a suradi va sotadi.

«Ikkitalik tranformatsiya» deya nomlangan strategik tashabbus doirasida yuqorida sanalgan barcha servislar «V Transformatsiyasi»ning bir qismi, Ford’ning yangi biznes-modellar asosidagi o‘sishining yangi yo‘nalishlari sanaladi.

Biroq kompaniyaning asosiy biznesi bozordagi o‘zgarishlarga moslashishi ham muhim. «A Transformatsiyasi»to‘liq ishlamoqda. FordFiesta, Focus, Fusion vaTaurus modellarini AQSh hududida ishlab chiqarishni rad etmoqda. 2020 yilga kelib, Ford’ning Shimoliy Amerikadagi mahsulotlari lineykasining deyarli 90 foizi yuk mashinalari, krossover va tijorat tashuvlar uchun mo‘ljallangan avtomobillardan iborat bo‘ladi.

Kelajak bir necha yil avval kutilganiga nisbatan tez kelmoqda. Iste'molchilarda kichik sinovlar o‘tkazib hamda sinov loyihalarini bozorda tasavvur qilish orqali Ford investitsiyalari milliard dollarlik chegarani bosib o‘tguniga qadar yangi imkoniyatlarning afzalliklaridan foydalanishi mumkin.

Muallif haqida. Mark Jonson — Innosight konsalting kompaniyasining asoschilaridan biri va hamkori hamda «Reinvent Your Business Model: Seizingthe White Spacefor Transformative Growth» kitobining muallifi

Mavzuga oid